Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“Mazali somsalar” tanlovi

Urganch davlat universiteti Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayeva va “Qizlarjon” klub tashabbusi bilan universitetning barcha fakultetlarida “Mazali somsa” tanlovi tashkil etilmoqda. 

Bugun, 19-dekabr kuni Tabiiy va qishloq xòjaligi fanlari fakulteti pazanda qizlari tomonidan tayyorlangan somsalar universitet bosh binosi fayesida ko’rgazmaga qoʼyildi. Ko’rgazmada har xil masalliqlardan tayyorlangan turli ko’rinishdagi somsalar namoyish etildi. Ko’gazma ishtirokchilarining mahorati birinchi prorektor D.Ibadullayev hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” bo’limi boshlig’i H.Shihovalar tomonidan eʼtirof etildi.

Tanlov natijalariga ko’ra:
1-o’rin: 231-guruh talaba-qizlari;
2-o’rin: 214 va 215-guruh talaba-qizlari;
3-o’rin: 213-guruh talaba-qizlari.

????Tanlov g’oliblari universitet tomonidan diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.

Ulashish: