Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi mudiri Sadullayev Sanjarning O`zbekiston qovunlari va ularni navlari mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminari

S.Sadullayev “O’zbekiston qovunlari va ularning navlari”mavzusida ma’ruzaga chiqdi.O‘zbekistonda yetishtiriladigan qovun navlarining aksariyati kichik ekologik moslashuvchanligi bilan ajralib turadi, bunga o‘ziga xos yetishtirish texnologiyasi va o‘ziga xos qovun assortimentiga ega bo‘lgan qovun yetishtirish o‘choqlari borligi yordam bergan.Qovun bir-yillik o‘tchil o‘simlik bo‘lib, uning ildizi 1 m gacha chuqurlikka kirib borishi mumkin, lekin asosiy yon ildizlar tuproqning 20-25 sm li haydalma qatlamida tarqalib o‘sadi. Poyalari ingichka va uzun bo‘lib, asosiy poyaning uzunligi 1,5-2 m gacha bo‘ladi.Qovun uchun tuproq namligi dala nam sig‘imiga nisbatan 65-70% bo‘lishni talab etadi. Qovun tuproq tipiga unchalik talabchan emas, u ayrim boshqa ekinlarni o‘stirishga yaramaydigan tuproqlarda ham o‘sishi mumkin. Ammo unumdor, mexanik tarkibi yengil tuproqlarda yaxshi o‘sadi va yuqori hosil beradi [Qovunni istemol qilish inson organizmida ko‘plab fiziologik jarayonlarni boshqarishga yordam beradi, negaki u ko‘plab vitamin, uglevod va boshqa biologik faol moddalarga boy hisoblanadi. Qovun mevalari buyrak, oshqozon, jigar, asab, yurak-qon tomirlari kasaliklarida, bronxid, sil, bod va kamqonlikda dorivor vosita sifatida foydalaniladi. Qovun urug‘i damlamalari yo‘tal, teri kasaliklarini davolashda ishlatiladi.Bugungi kunda xalqimiz tomonidan yaratilgan va shu kungacha yetishtirib kelinayotgan qovun navlarini kelajak avlodga to‘liq qoldirish, genofondini saqlash hamda davr talabi bo‘lgan eksportbop navlarni tanlab olish, ular asosida seleksiya uchun dastlabki manbalarni ajratish asosiy vazifalarimizdan biridir.  Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinki ruhda o’tdi.

Ulashish: