Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat Universiteti Meva-sabzavotchilik kafedrasi dotsenti Durdiyev Komilning Uzum navlari va ularni zonalar bo`yicha joylashtirishni zamonaviy pedagogik usulda o`qitish mavzusidagi ilmiy-uslubiy seminari.

Kun tartibidagi masala yuzasidan kafedra mudiri S.Sadullaev so‘zga chiqib, kafedra dotsenti K.Durdiyevga Uzum navlari va ularni zonalar bo`yicha joylashtirishni zamonaviy pedogogik usulda o`qitish mavzusidagi ma’ruzasini boshlash uchun so’z berdi. Ma’ruzachi o‘z ma’ruzasida Respublikamizdagi oliy o’quv yurtlari talabalarining mazkur mavzu bo’yicha bilimlarini chuqurlashtirish, individual va guruhlarda sohadagi muammolarning yechimini tahlil qilish va qaror qabul qilish ko’nikmalarini shakllantirish, muammolarni yechishda bir necha maqbul yechimlarni topish hamda yaratilgan ishlanmalarni ishlab chiqarishga joriy etish malakasini shakllantirishdan iboratligini gapirdi. Xo`jalik uchun qimmatli  belgi  xususiyatlari nisbatan barqaror,  irsiy jihatdan  bir-biriga  yaqin bo`lgan  klonlarning  vegetativ yo`l bilan   ko`paytirib hosil  qilingan nasli  uzum navi deb ataladi. Klon – bitta o`simlikni  vegetativ yo`l bilan  ko`paytirib olingan  o`simliklar yig`indisidir. Klon o`simliklari nisbatan bir hil bo`ladi. Ammo ular biror darajada irsiy  jihatdan o`zgaradi va klonlar aralashmasi bo`lib qoladi. Shunday qilib, uzum navi irsiy jihatdan yaqin klonlar aralashmasidan  iborat bo`ladi. Shu tariqa kafedra professor-o‘qituvchilari o’zilarini qiziqtirgan savollar bilan ma’ruzachi va talabarga murojaat qildilar va seminar savollarga boy hamda ko’tarinki ruhda o’tdi.

Ulashish: