Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining 2024-yildagi ilk soni o'tkazildi

"She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovi o'tkazildi

Bugun, 13-fevral kuni UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "She'riyat shohsupasi" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni o'zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, shoir, tarixchi, davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan tashkil qilindi.

Unda O'zbek filologiyasi fakulteti professor-o'qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirok qildi.

Tanlov o'zbek tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun Zahiriddin Muhammad Bobur ijodi, rus tili ta'lim yo'nalishi talabalari uchun esa Vasiliy Andreyevich Jukovskiy ijodi yuzasidan oʻtkazilib, unda fakultetning 9 nafar talabasi 2 shart asosida o'zaro bellashdilar. Badiiy qismda 214-guruh talabalarining chiqishlari namoyish etildi.

G'oliblar keyingi bosqichda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo'lib, diplom va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Ulashish: