Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida navbatdagi ilmiy-uslubiy seminar o'tkazildi

Joriy yilning 12-mart kuni Urganch davlat universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tili va adabiyoti kafedrasida "Adabiyotshunoslikning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "O'zbek adabiyotini o'qitishning dolzarb muammolari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi.

Ilmiy-nazariy seminar yig'ilishida kafedra magistranti Q.Yo'ldoshova "Naim Karimov tadqiqotlarida Oybek ijodi va shaxsiyati uyg'unligi masalasining yoritilishi" mavzusida, ilmiy-uslubiy seminarda f.f.d. S.Sariyev  "Talabalarga baxshilar ijodini o'qitish metodlari" mavzusida ma'ruza qildilar. Seminarda O'zbek tili va adabiyoti kafedrasining professor-o'qituvchilari hamda tadqiqotchilari faol qatnashdi.

Ulashish: