Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan Navro'z ayyomi munosabati bilan “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!” ezgu shiori ostida universitet jamoasi uchun bayram konserti tashkil etildi.

Bugun Urganch davlat universiteti Madaniyat saroyida O'zbek filologiyasi fakulteti tomonidan Navro'z ayyomi munosabati bilan “Olam nurga to'lsin sen bilan, Navro'z!” ezgu shiori ostida universitet jamoasi uchun bayram konserti tashkil etildi.

Tantanali bayram kechasida Urganch davlat universiteti rektori B.Abdullayev boshchiligida rahbariyat aʼzolari, professor-o'qituvchilar, chet ellik mehmonlar hamda talaba-yoshlar tomoshabinlar qatoridan joy olishdi. 

Bayram tadbiri davomida fakultet talabalari tomonidan milliyligimiz, urf-odat va qadriyatlarimizni aks ettiruvchi bir-biridan betakror badiiy chiqishlar: xalq o'yinlari, sahna ko'rinishlari, kuy-qo'shiq va go'zal raqslar mohirona ijro etilib, tomashabinlar olqishiga sazovor boʻldi.

Barchaning koʼnglidan chuqur joy olgan tadbir yakunida rektor B.Abdullayev jamoani bayram bilan samimiy tabrikladi. O'zbek filologiyasi fakulteti jamoasiga minnatdorchilik bildirib, universitet tadbirlarining tashkil qilinishida fakultetning o'rni alohida ekanligini ta'kidladi.

Ulashish: