Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



"Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining bayram soni bo'lib o'tdi

O'zbek filologiyasi fakulteti tashabbusi bilan an'anaviy tarzda o'tkazilib kelinayotgan "Yosh notiqlar" ko'rik-tanlovining navbatdagi soni O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligiga bag'ishlab o'tkazildi. Unda fakultetning Iqtidorli talabalari notiqlik mahoratini namoyish etdilar.

Birinchi shartda ishtirokchilar o'zi haqidagi ma’lumotlarni she’riy va nasriy yo'l orqali bayon qilgan bo'lsalar, ikkinchi shartda O'zbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi, qabul qilingan qaror va farmonlar bo'yicha tuzilgan savollarga javob berib, o'zlarining bilim va salohiyatlarini namoyon qildilar. 

Hakamlar hayʼatining xulosasiga koʻra:
1-o'rin: 206-guruh talabasi Sa'dullayeva Sevara;
2-o'rin: 202-guruh talabasi Bekchanova Sharifa;
3-o'rin: 203-guruh talabasi Rustamova Mohichehra;
3-o'rin: 213-guruh talabasi Ibragimov Azizbek.

Tanlov davomida Filologiya va tillarni o'qitish: o'zbek tili ta'lim yo'nalishi 203-guruh talabalari tomonidan tayyorlangan kuy-qo'shiq hamda go'zal raqslar tamoshabinlarda yuqori kayfiyatni uyg'otdi.

Tadbir yakunida ko'rik-tanlov g'oliblari hamda faol ishtirok etgan talabalar, shuningdek, O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan tashkil qilingan "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" mavzusidagi insholar tanlovi, "Ona tilim abadiy" mavzusidagi ifodali o'qilgan she'rlar tanlovi g'oliblari fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan munosib taqdirlandi.

Ulashish: