Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorazm televideniyesining "Tilimizni o'rganamiz" ko'rsatuvi

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi o'qituvchisi Adolat Allaberganova Xorazm MTRKning "Tilimizni o'rganamiz" ko'rsatuvida chiqish qildi.

Ko'rsatuv jarayonida o'zbek adabiy tilining shakllanishida muhim manbalarni yetkazib bergan eski o'zbek adabiy tili davri va bu davr til taraqqiyotiga oid xususiyatlar borasida ma'lumotlar berildi. Xiva adabiy muhitining yorqin vakili Mutrib Xonaxarobiy she'riyati tilida eski o'zbek adabiy tiliga xos belgilarning shevalarda, uslubiy vositalarda aks etishi misollar orqali izohlandi. Mutrib she'riyati tili bo'yicha o'rganilayotgan tadqiqotning tilshunoslik sohasidagi ahamiyati to'g'risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Ulashish: