Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tilshunosligi kafedrasida ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy seminar

UrDU O'zbek filologiyasi fakulteti O'zbek tilshunosligi kafedrasida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy hamda "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi. 

Ilmiy-nazariy seminar yig'ilishida kafedra o'qituvchisi G.Xusainovaning "Xorazm viloyatidagi moddiy-madaniy meros obyektlarining nomlanishida xalq og'zaki ijodining o'rni", magistrant Sh.Abdullayevning "Xorazm viloyatidagi ba'zi qishloq va mahalla nomlarining paydo bo'lish tarixi va bugungi kundagi nomlar bilan o'xshash va farqli jihatlari" mavzusida, ilmiy-uslubiy seminar yig'ilishida f.f.d., prof. A.O'razboyevning "O'zbek tili tarixi fanining mumtoz adabiyot predmeti bilan uzviyligi", tayanch doktorant M.Atabayevaning "Texnologiya darslarida tikuvchilik leksikasini o'rgatish asoslari" mavzularida ma'ruzalari tinglandi.

Ulashish: