Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



O'zbek tilshunosligi kafedrasida ilmiy-nazariy va ilmiy-uslubiy seminar

Urganch davlat universitetining barcha kafedralarida ilmiy-nazariy seminarlar muntazam tashkil etilishi yoʻlga qoʻyilgan.  Jumladan, "O'zbek tilshunosligi" kafedrasida ilmiy seminarlar har haftaning Payshanba kuni oʻtkazilishi belgilangan.

Bugun kafedra professor-oʻqituvchilari, yosh ilmiy tadqiqotchilar, magistrlar ishtirokida "O'zbek tilshunosligining dolzarb muammolari" nomli ilmiy-nazariy va "Tilshunoslik fanlarini o'qitish samaradorligini oshirish yo'llari" nomli ilmiy-uslubiy seminar bo'lib o'tdi. 

Seminarda kafedra o'qituvchisi F.Masharipova"Erkin Samandarning "Sulton Jaloliddin" romanidagi toponimlarning qo'llanilishi xususida", magistrant S.To'liboyeva "Gavhar Ibodullayeva she'riyatidagi leksik birliklarning lingvopoetik xususiyatlari", magistrant G.Erkayeva "Janubiy Qoraqolpog'istondagi shaxsning kasb-kori bilan bog'liq laqablarning leksik-semantik xususiyatlari" mavzulari yuzasidan tadqiqotlarini seminar aʼzolariga bayon qildilar.

Ulashish: