Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari

Festival ishtirokchilari Xiva "Ichan qal'a" majmuasi bo'ylab sayohat qilishdi

Xabaringiz bor, Urganch davlat universitetida “Yangi Oʻzbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida uch kunlik xalqaro “Talabalar festivali” boʻlib oʻtmoqda. 

Unda AQSHning Kaliforniya universitetidan 10 nafar, Fargʻona politexnika institutidan 40 nafar, Urganch davlat universiteti va viloyatdagi boshqa oliy ta’lim muassasalaridan 100 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etmoqda.

Bugun festivalning ikkinchi kunida tadbir dasturiga muvofiq, talabalar qadimiy va hamisha navqiron Xiva "Ichan qal'a" majmuasi bo'ylab sayohat qilishdi. Sayohat davomida ishtirokchilar oʻtmishimizning noyob durdonalari, tarixiy obidalar, madrasalar, masjidlar, muzeylarning tarixi va buguni haqida qimmatli ma'lumotlarga ega boʻlishdi.

Ushbu "Talabalar festivali" nafaqat ichki turizm, balki xalqaro turizmni rivojlantirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

urdu.uz, Festival ishtirokchilari Xiva "Ichan qal'a" majmuasi bo'ylab sayohat qilishdi

Ulashish: