Close
Skip to main content


#Orientation_week


✅1-kurs maktabi: Komplayens nazorat tizimi haqida talabalar bilan muloqot bo‘lib o‘tdi

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida yangi o‘quv yilini endigina boshlagan talabalarning bilim va dunyoqarashini kengaytirishga qaratilgan “1-kurs maktabi” doirasidagi ma’naviy-ma’rifiy, targ‘ibot tadbirlari izchil davom etmoqda.

Bugun Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakulteti Yurisprudensiya yo‘nalishi talabalari uchun Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi bosh mutaxassisi S.Sadullayev bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalarga korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari, jamiyat taraqqiyotiga putur yetkazuvchi salbiy oqibatlari hamda korrupsiyani oldini olishda yoshlarning faol ishtiroki haqida batafsil ma’lumotlar berildi.

Uchrashuv ochiq muloqot tarzida kechib, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Ulashish