Close
Skip to main content


Uchrashuv


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shihova 2025-2026 o‘quv yilida yangi ishga qabul qilingan o‘qituvchilar bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda milliy qonunchilik va universitetning korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati hamda pedagogning shaxsiy mas'uliyati haqida so‘z bordi. Shuningdek, akademik halollik prinsiplari va ularni ta’lim jarayonida mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

X.Shihova “Komplayens-nazorat” bo‘limining asosiy vazifalari va vazifalarini batafsil tushuntirib berdi.

Ulashish