Close
Skip to main content


Talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari tanloviga start berildi!


⚡️Talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari tanloviga start berildi!

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida talaba va yoshlarni korrupsiyaga qarshi kurashish, halollik, oshkoralik va shaffoflik tamoyillariga keng jalb etishga qaratilgan “Talaba va yoshlarning korrupsiyaga qarshi loyihalari, startap va innovatsion tashabbuslari tanlovi” e’lon qilindi.

➡️Bugun mazkur tanlov doirasida universitetning dekan muovinlari hamda psixologlari bilan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i X.Shixovaning uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Suhbat chog‘ida nafaqat tanlovning maqsad va vazifalari, balki talabalarni tanlovga faol jalb qilish, ishtirok etish tartibi hamda ariza topshirish jarayonlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.

Eslatib o‘tamiz, tanlovda UrDU talabalari, magistrantlari va yosh izlanuvchilar ishtirok etishlari mumkin.  Arizalar 2025-yil 1-noyabrga qadar qabul qilinadi.

Ulashish