Close
Skip to main content


Korrupsiyaga qarshi kurashni — o‘zimdan boshlayman!


Urganch davlat universiteti Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetida "Korrupsiyaga qarshi kurashni -o'zimdan boshlayman" mavzusida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplayens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi rahbari X.Shixova ishtirok etib, talabalar bilan ochiq muloqot olib bordi.

Uchrashuv davomida talabalar o‘rtasida akademik halollik tamoyillarini mustahkamlash, akademik va maishiy korrupsiya tushunchalari, ularning kelib chiqish sabablari hamda oldini olish yo‘llari haqida atroflicha ma’lumotlar berildi. 

Shuningdek, universitetda joriy etilgan Komplayens-nazorat tizimi va uning faoliyati yuzasidan tushuntirishlar taqdim etildi.

Ulashish