Close
Skip to main content


Davra suhbati


✅ Bugun, 3-noyabr kuni Filologiya va san’at fakulteti talabalari bilan yoshlar o‘rtasida korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Tadbirda UrDU Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayns-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi mutaxassisi S.Sadullayev ishtirok etib, talabalar bilan mavzu yuzasidan suhabat olib bordi. Suhbat davomida korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olishda yoshlarning faolligi va mas’uliyatini oshirish zarurligi haqida so‘z yuritildi.

Unda talabalarga qonuniylik, halollik va fuqarolik burchiga sodiqlik kabi fazilatlarni mustahkamlashga oid muhim tavsiyalar berildi.

Ulashish