Close
Skip to main content


Xalqaro hamkorlik


Joriy yilning 10-fevral sanasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti hamda  Qozogʻistonning X.Dosmuhamedov nomidagi Atrau universiteti o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida ushbu universitet Xalqaro hamkorlik va internatsionallashtirish ofisi koordinatori A. Izbasarova Urganch davlat universitetiga tashrif buyurdi.

Tashrif doirasida mehmon Xorijiy filologiya fakulteti talabalari bilan uchrashib, xalqaro ta’lim dasturlari, akademik almashinuv imkoniyatlari hamda ikki oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi hamkorlik istiqbollari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berdi.

Ulashish