Bugun, 12-mart kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida “Yoshlar kuni” doirasida “Rektor va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi. Unda universitet rektori v.v.b. D.Ibadullayev boshchiligida oliygohning barcha prorektorlari talaba-yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordi.
Uchrashuv davomida yoshlarning ta’lim olish jarayonini yanada takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, innovatsion g‘oyalar va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, yoshlarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda ularning universitet hayotidagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Muloqot davomida talabalar o‘z fikr-mulohazalari va takliflarini bildirish, ularni qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi. Samimiy ruhda o‘tgan uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelgusidagi rejalarni birgalikda muhokama qilish uchun muhim maydon bo‘ldi.






