Bugun, 13-mart kuni Respublikamizning barcha hududlarida boshlangan umumxalq xayriya hashari ishlarida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirok etmoqda.
Mazkur hashar doirasida universitet professor-o‘qituvchilari, ishchi-xodimlar hamda ko'ngilli talaba-yoshlari birgalikda hududlarni obodonlashtirish, atrof-muhitni tozalash, ko‘kalamzorlashtirish va tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etmoqda.
Bunday ezgu tashabbuslar talaba-yoshlar orasida ekologik madaniyatni oshirish, jamoaviylik va ijtimoiy faollikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Keling, yurtimiz obodligi uchun birgalikda hissa qo‘shaylik!

.jpg)

.jpg)

