Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



O'rganish


Bugun Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madraximova tomonidan fakultetlar faoliyati o‘rganildi.

Xususan, rektor Fizika-matematika, Tabiiy va qishloq xo‘jaligi fanlari hamda Ijtimoiy-iqtisodiy fanlar fakultetlarida bo‘lib, o‘quv jarayonining bugungi holati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida o‘quv laboratoriyalari va auditoriyalarning moddiy-texnik bazasi ko‘zdan kechirildi, ularning zamonaviy talablar asosida jihozlanganlik darajasi tahlil qilindi.

Shuningdek, kafedralarda professor-o‘qituvchilar bilan bevosita muloqot qildi. Ta’lim sifati, ilmiy faoliyat samaradorligi hamda o‘quv jarayonini takomillashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Rektor dars jarayonlarini ham kuzatib, ta’lim berishning zamonaviy uslublari va innovatsion yondashuvlar qo‘llanilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

Talabalar bilan bo‘lib o‘tgan samimiy suhbat davomida ularning fikr va mulohazalari, mavjud muammolari hamda takliflari tinglandi. Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ular uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.

O‘rganishlar davomida ta’lim sifatini yanada oshirish hamda infratuzilmani takomillashtirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Ulashish