Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Urganch davlat universitetida rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Bugun Urganch davlat universitetida rektor huzuridagi kengashning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilish universitet rektori Feruza Madraximova raisligida, barcha prorektorlar, fakultet dekanlari hamda tegishli bo‘lim boshliqlaridan iborat kengash a’zolari ishtirokida tashkil etildi.

Yig‘ilish davomida universitet faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari yuzasidan qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi. Xususan, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish, talabalar davomatini mustahkamlash, dars sifati masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, talabalarning amaliyotlarini tizimli tashkil etish hamda ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar muhokama etildi.

Bitiruvchi talabalarning bandligini ta’minlash masalasi kengash kun tartibidagi asosiy yo‘nalishlardan biri bo‘lib, bu borada “Kelajakka qadam” dasturi hamda universitet huzuridagi Karyera markazi faoliyatini yanada takomillashtirish, ish beruvchilar bilan hamkorlikni kuchaytirish, mehnat bozoriga mos malakali kadrlar tayyorlash yuzasidan aniq vazifalar belgilab olindi.

Bundan tashqari, ijro intizomini mustahkamlash, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari ham atroflicha ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida barcha yo‘nalishlar bo‘yicha mas’ullarga aniq ko‘rsatmalar berilib, belgilangan vazifalarni o‘z vaqtida va sifatli bajarish yuzasidan tegishli topshiriqlar berildi.

Ulashish