Close


Urganch davlat universiteti rektori turkiyalik mehmonlarni qabul qildi


Bugun Urganch davlat universitetiga Turkiya Respublikasining “Janna group” Boshqaruv kengashi raisi Hasan O‘zkaracalar va Dünyagöz tashkilotining Xalqaro savdo va biznesni rivojlantirish direktori Mert Demirsöz tashrif buyurdi. Mehmonlarni universitet rektori Feruza Madraximova qabul qildi.

Uchrashuv davomida tomonlar o‘rtasida rasmiy muloqot bo‘lib o‘tdi. Mehmonlar, avvalo, O’zbekiston xalqiga chuqur hurmat izhor etib, Urganch davlat universiteti bilan hamkorlikda yirik loyihalarni amalga oshirish istagini bildirdilar.

Muzokaralar jarayonida universitetda turk tiliga ixtisoslashgan yangi yo‘nalish ochish, ushbu yo‘nalishda nafaqat talabalar, balki texnikum va litsey o‘quvchilarini ham qamrab olish, turkiyalik mutaxassislar tomonidan ta’lim berish va bitiruvchilarga xalqaro sertifikatlar taqdim etish tashabbuslari ilgari surildi. O‘z navbatida, rektor Feruza Madraximova ilgari surilgan takliflarni atroflicha ko‘rib chiqib, ular asosida o‘zaro hamkorlik qilinishini bildirdi.

Ulashish