Close


Turkiyaning Haji Bayram Veli universiteti bilan hamkorlik oʻrnatildi


Bugun Urganch davlat universitetiga Turkiyaning Haji Bayram Veli universitetiga prorektori, professor Metin Orbay boshchiligida delegatsiya tashrif buyurdi. Dastlab mehmonlarning universitet rektori Feruza Madraximova bilan rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi qardoshlik rishtalari, tili, madaniyat va an’analar birligi, shuningdek, ikki davlat o‘rtasidagi mustahkam do‘stlik va hamkorlik aloqalari alohida e’tirof etildi. Mazkur aloqalarni mustahkamlash maqsadida Haji Bayram Veli universiteti bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish taklifi bildirildi.

Muzokaralar yakunida ikki OTM o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan memorandum imzolandi. Ushbu memorandum professor-o‘qituvchilar hamda bakalavriat va magistratura talabalari almashinuvi, qo‘shma ilmiy-tadqiqot faoliyatini yo‘lga qo‘yish, seminarlar va ilmiy anjumanlarda o‘zaro ishtirok etish yo‘nalishlarni qamrab oladi.

Ulashish