Urganch davlat universiteti rektori Feruza Madrahimova boshchiligida universitetning barcha rahbar xodimlari, prorektorlar, dekanlar, bo’lim boshliqlari hamda faol talaba-yoshlari ishtirokida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida qadimiy Xiva shahrida velosiped sayri tashkil etildi. Ushbu sayr, ayniqsa, dam olish kunidan oldin — Shanba kuniga reja qilingani jamoa uchun ayni muddao boʻldi.
Tarixiy muhit va sof havo bag‘rida o‘tgan ushbu velosayr nafaqat jismoniy faollikni oshirish, balki jamoa o‘rtasida birdamlik, ijobiy kayfiyat va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirishga xizmat qildi.
Ahamiyatlisi, bunday tashabbuslar universitet jamoasi hayotida yaxshi an’anaga aylanib ulgurdi. Endilikda haftaning ma’lum bir kunida muntazam ravishda tashkil etilayotgan velomarafonlar sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, jismoniy faollik va ish unumdorligini oshirishda muhim omiliga aylanmoqda.











UrDU Matbuot xizmati