Bugun O‘zbekiston Fanlar akademiyasi prezidenti, akademik Shavkat Ayupov Xorazm viloyati Ma’mun akademyasi raisi Ikrom Abdullayev hamrohligida Urganch davlat universitetida rektor Feruza Madrahimova boshchiligidagi jamoa va tadqiqotchilar bilan uchrashdi.
Akademik Shavkat Ayupov o‘z ma’ruzasida Xorazm diyori buyuk alloma Muhammad al-Xorazmiy vatani ekanini alohida ta’kidlab, bu zamin azaldan matematiklar yurti sifatida ilm-fan taraqqiyotiga beqiyos hissa qo‘shib kelayotganini qayd etdi. Shuningdek, Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan ilgari surilayotgan Uchinchi Renessans g‘oyasi, Islom sivilizatsiya markazi hamda Imom al-Buxoriy majmuasi kabi yirik ilmiy-ma’rifiy loyihalar haqida fikr yuritildi.
Uchrashuv davomida Fanlar akademiyasining tashkil topishi va mustaqillik yillarida bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li tahlil qilinib, bugungi kunda ilm-fan va ta’lim sohasiga qaratilayotgan yuksak e’tibor alohida ta’kidlandi. Ilmiy izlanishlar samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlarni keng joriy etish hamda olimlarning mas’uliyati va o‘rni muhim ekani qayd etildi. V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti faoliyati haqida so’z yuritildi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzida davom etib, tadqiqotchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar, ilmiy faoliyatdagi muammolar va takliflar bilan murojaat qilib, atroflicha javoblar oldilar.



.jpg)
.jpg)

.jpg)
.jpg)

.jpg)