Close
Skip to main content


Kafedralar faoliyatini takomillashtirish va maqsadli ko‘rsatkichlar muhokama qilindi


Bugun Urganch davlat universiteti O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori G‘ayrat Rahimov boshchiligida universitetning 43 ta kafedra mudirlari va tegishli bo’lim boshliqlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Xodimlar bo‘limi boshlig‘i Sanjar Atajanov tomonidan kafedralardagi mavjud lavozimlar taqsimoti, bu boradagi amaldagi me’yorlar hamda yangi o‘quv yili oldidan lavozimlarni takomillashtirish masalalari muhokama qilindi. Kafedralar faoliyatini yanada samarali tashkil etish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Shuningdek, Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Oybek Sotiboldiyev tomonidan universitetning kafedralar kesimida 2026-yildagi rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari taqdim etildi. Mazkur yo‘nalishda kafedralar oldida turgan ustuvor vazifalar va amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan fikr almashildi.

Yig‘ilishda Ta’lim sifatini nazorat qilish bo’lim boshlig’i Komiljon Bobojonov va O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i G’ayrat Matlatipovlar tomonidan o‘quv jarayonini samarali tashkil etish, ta’lim sifatini oshirish, ijro intizomini mustahkamlash hamda bo‘limlararo hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.