Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Xorijiy olimlar ishtirokidagi Respublika ilmiy-amaliy onlayn anjumani


 Urganch davlat universiteti (UrDU) Ispaniyaning Kantabriya universiteti (KU) bilan hamkorlik shartnomasini 2017 yilda imzolangan.

 Shartnomaga asosan bakalavr, magistr, pedagog va xodimlar o‘zaro almashuvi oldin Yevropa Ittifoqining Erasmus+ dasturlari, keyinchalik boshqa ta'lim grantlari asosida amalga oshirilishi ta'minlanmoqda.

 Jumladan, Jahon banki tomonidan 2018 yil dekabr' oyidagi Akademik innovasion fondi “O‘zbekiston oliy ta'lim muassasalarini modernizasiyalashtirish” loyihasi doirasida 2/6 -shartnomaga asosan universitetimizga ommaviy ochiq onlayn kurslarini (OOOK) yaratish uchun “Zamonaviy onlayn o‘quv markazini tashkil etish”, moddiy-texnik ta'minlash va ishga tushirish uchun 50000 (ellik ming) AKSh dollarlik investisiya kiritilgan edi.

 Ushbu loyihada hamkorlikka rozilik bildirgan chet el oliy o‘quv yurtlaridan Ispaniyaning Kantabriya universiteti vakillari belgilandi.

 Loyiha majburiyatlarini amalga oshirishda UrDU ning 3 nafar loyiha ishtirokchilari (ekspert -o‘qituvchi, texnik koordinator, texnik-mutaxassislar) 2019 yil iyul' oyida, bir hafta davomida Ispaniyaning KU qoshida faoliyat olib borayotgan Yangi texnologiyalar tadbiq etish markazi (SEFONT)da o‘z malakalarini oshirib kaytdilar.

 Ispaniyaning KU bilan o‘rnatilgan uzliksiz ilmiy-amaliy aloqalar natijasida, pandemiya sharoitida ularning vakillari O‘zbekistonga kela olmasligini inobatga olib, 2020 yil 18-, 20-, 22 may kunlari UrDU va KU o‘rtasida videokonferensiyalar seriyasi onlayn ZOOM platformasida tashkil etildi. Videokonferensiyalar yakunida KU vakillari UrDU loyiha qatnashuvchilari bilan muhokamalarda hamkorlikning uzliksizligini ta'minlash maqsadida Markazning faoliyatiga doimiy maslahatlar berib borishga rozilik bildirdilar.

 Onlayn tarzda 3 kun davomida o‘tkazilgan videokonferensiyalarda O‘zbekiston, Qozog‘iston, Ispaniya va Portugaliyadan kuniga o‘rtacha 150 nafardan oshiq olimlar, tadqiqotchilar, soha mutaxassislari, magistr va bakalavrlar qatnashdilar.

 Ushbu xalqaro konferensiyalarning mazmun mohiyatini yanada oshirish maqsadida 22 may kuni mahalliy vaqt bilan soat 12-00 dan 13-00 gacha “OOOK yaratish nazariyasi va amaliyoti” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani ham o‘tkazildi.

 “OOOK yaratish nazariyasi va amaliyoti” masalalariga bag‘ishlab o‘tkazilgan onlayn konferensiya shaklidagi ilmiy-amaliy anjumanda ushbu soha bo‘yicha respublikamizdagi yetuk olimlardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, boshqarma boshlig‘i, dosent, Vohid Xamidov “OOOKning holati va istiqbollari”, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti “Mul'timediya texnologiyalari” kafedrasi professori El'mira Nazirova “ OOO ta'lim resurslari va ularning ta'lim jarayonidagi ahamiyati”, UrDU dosenti G‘ayrat Matlatipov “Vnedrenie texnologiy distansionnogo obucheniya v Urgenchskom gosudarstvennom universitete, sostoyanie razvitiya elektronnix kursov”, loyiha texnik koordinatori Xasiyat Shixova “OOOK yaratish o‘quv markazi” mavzularida ma'ruza kildilar. Respublikamizda ushbu yo‘nalishda ilmiy izlanishlar olib borayotgan boshqa yetuk olimlar, doktorantlar, magistrlar, shuningdek xalq ta'limi va maktabgacha ta'lim tashkilotlari vakillari qatnashdilar.

 Albatta, bu onlayn anjuman ta'limning barcha turlarida faoliyat olib borayotgan novator, jonkuyar pedagoglarga o‘z faoliyatida innovasion metodlarni tadbiq etishlari uchun tajriba maktabini o‘taydi.

 Anjuman muzokaralarida respublikamizning OTM vakillari chiqish qildilar.

Endilikda, universitetimiz professor-o‘qituvchilar, viloyatimizda faoliyat olib borayotgan novator, fidoiy pedagoglar, shu Markaz mutaxassislari hamkorligida o‘zlarining ommaviy ochiq onlayn kurslarini o‘zbek, rus, va chet tillarda yaratib, hududiy, respublika va xalqaro ta'lim tarmoqlarida joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘la oladilar.

Markazning ushbu xarakatlari, albatta, o‘quv va ta'lim jarayonida universitetimizning jozibadorligini oshirib, universitetlar jahon reyting agentligi ( Times Higher Education -THE) da o‘z o‘rnini egallashiga zamin yaratadi.

Ulashish: