Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti talaba-yoshlari diqqatiga!


Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar o‘rtasida har yili may–iyun oylarida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlovning maqsadi: Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda chop etilgan, yuqori professional darajada tayyorlangan eng yaxshi materiallarni aniqlash hamda ularning mualliflarini rag‘batlantirish.

Tanlov ishtirokchilari
Oliy ta’lim muassasalarida faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha bo‘lgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilar va talabalar.

Tanlovga taqdim etiladigan materiallar
Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan maqola, sharh va boshqa materiallar;
Hammualliflikda chop etilgan materiallar tanlovga qabul qilinmaydi.

G‘oliblarni aniqlash va taqdirlash
Tanlov natijalariga ko‘ra 1-, 2- va 3-o‘rinlar (har bir o‘ringa bir nafardan g‘olib) baholash mezonlari asosida aniqlanadi.

Pul mukofotlari va diplomlar

1-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 25 baravari;
2-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravari;
3-o‘rin — bazaviy hisoblash miqdorining 15 baravari.

Universitetning barcha izlanuvchi va talaba-yoshlarini tanlovda faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!