Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Zaxira
    nomzod

  • Yashil
    Universitet



DIQQAT! INGLIZ TILI O‘QITUVCHILARI VA AKADEMIKLAR UCHUN XALQARO TADBIR


Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universitetida Britaniya Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan AELLCA (Accelerating English Language Learning in Central Asia) loyihasi doirasida xalqaro seminar va konferensiya bo‘lib o‘tadi.

Sana: 2026-yil 11–12-fevral
Vaqt: 10:00 – 16:30
Manzil: Urganch davlat universiteti, Urganch shahri

TADBIR MAQSADI
Mazkur tadbir Qozog‘iston va O‘zbekistonda ingliz tili o‘qituvchilarining kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash, PRESETT (bo‘lajak o‘qituvchilar) tayyorlash jarayonini kuchaytirish hamda akademik hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.

MAQOLA VA MAHORAT DARSLARI UCHUN TAKLIF

Ishtirok etishni istaganlar 300 so‘zdan iborat tezis (proposal) bilan quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha murojaat qilishlari mumkin:
PRESETT talabalari va akademiklari uchun mentorlik;
Inklyuziv ta’limni qo‘llab-quvvatlash;
Akademik va tadqiqot ko‘nikmalarini rivojlantirish;
Universitetlar va maktablar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish.

TAQDIMOT FORMATLARI
Taqdimot: 30 daqiqa (25 daqiqa taqdimot + 5 daqiqa savol-javob);
Mahorat darsi: 45 daqiqa (40 daqiqa amaliy mashg‘ulot + 5 daqiqa savol-javob).

KIMLAR UCHUN?

Umumta’lim maktablarida faoliyat yuritayotgan ingliz tili o‘qituvchilari;
Til markazlari va oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari;
OTM akademiklari;
Inklyuziv ta’limga qiziqqan magistrant va PhD tadqiqotchilar.

ARIZA TOPSHIRISH

Oxirgi muddat: 2026-yil 9-yanvar, soat 23:59
(Astana/Toshkent vaqti)
Email: araby@lincoln.ac.uk

Ingliz tili ta’limi sohasidagi xalqaro tajriba va akademik hamkorlikni rivojlantirish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!