“Kitobxon talaba” ko`rik-tanlovining ilk soni bo`lib o`tdi
Urganch davlat universitetining ilmga chanqoq talaba-yoshlari o`rtasida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbus doirasida Filologiya fakulteti tomonidan muntazam ravishda o`tkazilib kelinayotgan “Kitobxon talaba” ko`rik-tanlovining bugun, 22-sentabr sanasida yangi o`quv yilidagi ilk soni bo`lib o`tdi.
Ko`rik-tanlovda Filologiya hamda Pedagogika fakultetining kitobsevar yoshlaridan 10 nafari taniqli o`zbek yozuvchisi Toxir Malikning “Alvido, bolalik” asari asosida o`zaro badiiy maydonda kuch sinashdilar.
Kitobxon talabalarimiz tanlov davomida ushbu asar asosida moderator tomonidan tuzilgan savollarga 2 shart mobaynida zukkolik va tezkorlik bilan javob berdilar.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonida ijro etilgan kuy-qo`shiqlar, raqslar va sahna ko`rinishlari kechaga o`zgacha kayfiyat baxsh etdi.
“Kitobxon talaba” ko`rik-tanlovining yakunida hakamlar hay`ati a`zosi, dotsent B.Rahimova g`oliblarni e`lon qildi. Unga ko`ra:
1-o'rin Ganjayeva Ro'za (2-kurs magistranti)
2-o'rin Atabayeva Muhayyo (O`zbek tili ta`lim yo`nalishi 191-guruh)
3-o'rin talabasi Sapayeva Gulnoza (O`zbek tili ta`lim yo`nalishi 181-guruh)
Shundan so`ng, Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov fakultet professor-o`qituvchilari bilan birgalikda tanlov g`oliblarga diplom va esdalik sovg`alarini tantanali topshirdi.








