“Navoiyxon talaba” ko`rik-tanlovi bo`lib o`tdi
2021-yilning 24-sentabr kuni Urganch davlat universitetining Filologiya fakulteti talaba-yoshlari ishtirokida "Navoiyxon talaba" ko`rik- tanlovining sentabr oyi soni bo`lib o`tdi.Tadbirni Filologiya fakulteti dekani D.G`ayipov kirish so`zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Tanlovda ishtirokchilari Alisher Navoiyning “Hayrat ul-abror” dostoni bo`yicha o`zaro she`riyat maydonida bahsga kirishdilar.
Tadbir davomida O`zbek tilshunosligi kafedrasi o`qituvchisi M.Ro`zmetova murabbiyligidagi 182- guruh talabalari tomonidan Navoiy ijodiyotiga doir kuy- qo`shiqlar, raqslar va sahna ko`rinishlari ijro qilindi.
O`zbekiston Liberal demokratik partiyasi Xorazm viloyati bo`linmasi xodimlari tadbir mehmoni bo`ldilar.
Tanlov yakunida O`zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, hakamlar hay`ati a`zosi dots.S.Matkarimova tomonidan g`oliblar e`lon qilinib, diplom va esdalik sovg`alari topshirildi.



