Ta’lim samaradorligi to‘garaklar bilan
Darsdan tashqari ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi talaba-yoshlarni iloji boricha ko‘proq to‘garak ishlariga jalb etib, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, dunyoqarashini har tamonlama rivojlantirish, dunyoviy bilimlarini hamda badiiy didini, tabiatga, ona Vatanga bo‘lgan mehr-muhabbatini oshirishdir. Mazkur maqsadni amalga oshirishda bugungi kunda Urganch davlat universitetida yuzdan ortiq darsdan tashqari to‘garaklar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
Bugun, 2021-yil 29-oktabr kuni Tarix fakultetining “O‘zbekistonda demokratik jamiyat qurish nazariyasi” kafedrasi qoshida tashkil etilgan “Yosh faylasuflar” to'garagining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi. Unda "Inson manfaatlarning falsafiy tahlili" mavzusi muhokama qilindi. Fakultetning 1-2-kurs talabalari ishtirokidagi ushbu to‘garak yig‘ilishida f.f.d., professor Maqsuda Xajiyeva boshchiligida kafedraning bir guruh professor-o‘qituvchilari mavzuga oid ma’lumotlari bilan ma’ruza qildilar.

.jpg)
.jpg)
