"Kompleks geometriyadagi tendensiyalar" mavzusidagi xalqaro konferensiya oʻz ishini yakunladi
Xabaringiz bor, kecha 30-oktabr kuni xalqaro maktab (Cimpa school) doirasidagi «Kompleks geometriyadagi tendensiyalar» mavzusida xalqaro konferensiya o'z ishini boshlagan edi. Bugun, 2021-yilning 31-oktabr sanasida mazkur konferensiyaning davomi bo'lib o'tdi.
Unda respublikamizdagi taniqli akademiklar, matematik olimlar, Xorazm Ma’mun akademiyasi vakillari, yosh olimlar, shuningdek, xorijiy matematiklar hamda Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev boshchiligida Fizika-matematika fakultetining professor-o‘qituvchilari va iqtidorli talaba-yoshlari ishtirok etdilar.
Konferensiyani UrDU Xalqaro aloqalari bo`yicha prorektori G`.O`razboyev hamda ZOOM platformasi orqali Dan Popovici va Stephanie Nivochelar olib bordilar.
Kun davomida bo`lib o`tgan mazkur konferensiyada I.Ikromov, K.Xudayberganov, O`.Roziqov, B.Shoimqulov, O.Zikirov, A. Artiqbayev, D.Durdiyev, G.Botirov, A.Xudayberdiyev hamda B.Prenov singari sohaning yetuk mutaxassislari ma`ruza qildilar.
Respublikamizda matematikaning kompleks analiz, dinamik sistemalar va potensiallar nazariyasi sohalarini yanada rivojlantirish, yoshlarni matematika faniga bo‘lgan qiziqishlarini yanada orttirish, respublikamizda ilm-fanni rivojlantirishga qaratilgan islohotlarni davomiyligini ta’minlash, matematika sohalaridagi so‘nggi yangiliklar konferensiyada tinglangan ma`ruzalarning mazmunini tashkil etdi. Bu esa sohaga qiziquvchan talabalar, yosh olimlar, iqtidorli magistr va doktarantlar uchun o`z bilimlarini boyitishda ajoyib imkoniyat bo`ldi.
Konferensiya yakunida akademik Azimboy Sa`dullayev hamda Umida Boltayevalar barcha ishtirokchilarga, ma`ruzachilarga hamda Cimpa schoolni o`tkazishdagi yordami uchun Dan Popovici va Stephanie Nivochelarga minnatdorchilik bildirdilar.
Urganch davlat universitetida «Kompleks analiz, geometriya va dinamika» mavzusidagi xalqaro maktab (CIMPA school) ning o`quv mashg`ulotlari onlayn shaklda 5-noyabrga qadar davom etadi.




