“Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi yarim final bellashuvlari bo'lib o`tdi
Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Ma'naviyat va ma'rifat markazi tomonidan an'anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Yoshlar kelajak bunyodkori” shiori ostidagi “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi yarim final bellashuvlari bugun, 2021-yilning 10-noyabr sanasida Buxoro viloyatining Buxoro davlat universitetida bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bosqichda Urganch davlat universitetining "Sayqal" talabalar teatr studiyasi jamoasi ishtirok etib, “Antiqa tomosha” spektaklini namoyish etdilar.
Mintaqaviy bosqichning navbatdagi bellashuvida quyidagi jamoalar bellashadi:
- - Navoiy davlat pedagogika instituti;
- - Urganch davlat universiteti;
- - Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali;
- - Navoiy davlat konchilik instituti Nukus filiali.
Festival yakunida, Urganch davlat universitetining “Sayqal” jamoasi “Milliy an`ana va qadriyatlarning tarannumi” nominatsiyasini qo`lga kiritib, Diplom va esdalik sovg`alari bilan taqdirlandilar.

.jpg)

