“Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining navbatdagi soni P.Qodirov hamda M.Lermontov ijodiga bagʻishlandi
Urganch davlat universitetining ilmga chanqoq talaba-yoshlari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyevning 5 ta muhim tashabbus doirasida Filologiya fakulteti tomonidan muntazam ravishda o‘tkazilib kelinayotgan “Kitobxon talaba” ko‘rik-tanlovining 2021-yil 10-noyabr sanasida navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rik-tanlovda Filologiya fakultetining kitobsevar talaba-yoshlari taniqli o‘zbek yozuvchisi Primqul Qodirovning “Ona lochin vidosi” hamda rus adibi Mixail Lermontovning "Zamonamiz qahramoni" asarlari asosida o‘zaro badiiy maydonda kuch sinashdilar.
Kitobxon talabalarimiz tanlov davomida ushbu asarlar asosida moderator tomonidan tuzilgan savollarga 2 shart mobaynida zukkolik va tezkorlik bilan javob berdilar.
Tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va sahna ko‘rinishlari kechaga o‘zgacha kayfiyat baxsh etdi. Tadbir davomida namoyish etilgan badiiy chiqishlar 193-oʻzbek tili guruhi talabalari tomonidan ijro etildi.
Tanlov yakunida gʻoliblar Filologiya fakulteti dekani D.G‘ayipov tomonidan diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.



.jpg)
