Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash mavzusida profilaktik tadbir o`tkazildi
2021-yilning 15-noyabr sanasida UrDU Madaniyat saroyida Urganch davlat universiteti hamda Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash” mavzusida profilaktik tadbir o`tkazildi.
Tadbirni UrDU Yoshlar masalalari va ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha prorektori Sanjar Davletov kirish so`zi bilan ochib berib, moderatorlik qildi.
Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi bo`lim boshlig`i podpolkovnik A.Matlyubov, vazirlikning Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi xodimi F.Azgarov, Xorazm viloyat Ichki ishlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig`i o`rinbosari mayor Sh.Ismoilovlar ishtirok etib, giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishi hamda ularning suiiste’mol qilinishi insonlar sog‘lig‘i va farovonligiga jiddiy xavf solishi hamda jamiyatning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tuzilmalariga dahl qiluvchi muammo ekanligi, giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishini tugatish vazifasi dunyodagi barcha davlatlarning umumiy vazifasi hisoblanishi, mamlakatimizda giyohvand va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashishda Ichki ishlar organlarining olib borayotgan faoliyati xususida talaba-yoshlarga keng ma`lumotlar berdilar.
Tadbir yakunida talabalar o`zlarining qiziqtirgan savollari bilan murojaat qilib, mutasaddilardan tegishli javoblar oldilar.



