“Yashil makon” umummilliy loyihasida Urganch davlat universiteti jamoasi ham faol ishtirokini boshladi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida yiliga 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish va shu orqali shahar va tumanlardagi yashil maydonlarni amaldagi 8% dan 30% ga oshirish reja qilingan.
Yurtimizdagi barcha tashkilot, muassasa xodimlari tomonidan hududlarda obodonlashtirish va ko‘chat ekish ishlari olib borilmoqda. Ushbu "Dolzarb 40 kunlik”da Urganch davlat universiteti rektori Baxrom Abdullayev hamda barcha prorektorlar ham faol ishtirok etmoqdalar.
Ma‘lumot o‘rnida, Urganch davlat universitetida mevali va manzarali 3 mingdan ortiq koʻchat ekish rejalashtirilgan.


