“She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi Usmon Nosir va Aleksandr Blok ijodiga bag‘ishlandi
2021-yilning 9-dekabr sanasida “She’riyat shohsupasi” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi. Unda Filologiya fakultetining bir-biridan ilg‘or, iste’dodli va adabiyotning chin muhlislari she’riyat maydonida bahsga kirishdilar.
✔️Tadbirni O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova ochib berdi.
✔️Tadbir davomida talabalar tomonidan ijro etilgan buyuk o‘zbek va rus adiblari Usmon Nosir va Aleksandr Blok ijodlariga mansub she‘rlar, sahna ko‘rinishlari, kuy-qo‘shiqlar yig‘ilganlar qalbidan chuqur joy egalladi. Tadbirni har bir ishtirokchisi adiblar ijodini chuqur his qilib, ushbu chiqishlar ularni she’riyat madhi yo‘lida yanada birlashishlariga xizmat qildi.
✔️Ko‘rik-tanlovda Filologiya fakultetining 12 nafar ishtirokchilari barcha shartlarda faol qatnashib, hakamlar hay’ati tomonidan munosib baholab borildi. Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o'rin: 185-guruh talabasi Yuldosheva Nodira
2-o'rin: 194-guruh talabasi Samandarova Farog'at
3-o'rin: 196-guruh talabasi Jumaniyozova Navbahor
Mazkur tadbir 194-o'zbek tili guruhi talabalari tomonida tashkillashtirildi.
✔️Tadbir so‘nggida tanlov g‘oliblari hamda kechaning faol talabalariga “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi mudiri, dots.S.Matkarimova tomonidan Faxriy yorliqlar topshirildi.
Adabiy-badiiy kecha juda ko‘tarinki ruhda, jo‘shqin kayfiyatda bo‘lib o‘tdi.


