Filologiya fanlari doktori, professor, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi va mehnat faxriysi Otanazar Madrahimov tavalludining 100 yilligiga bag‘ishlangan xotira kechasi hamda ilmiy-nazariy anjuman oʻtkazildi
O'zidan yuksak nom qoldirib, shogirdlari qalbida hali ham barhayot yashayotgan buyuk olim, filologiya fanlari doktori, professor, ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, mehnat faxriysi, ko'plab ilmiy maqolalar va ilmiy risolalar muallifi, tashabbuskor inson Otanazar Madrahimov tavalludining 100 yilligi munosabati bilan 2021-yilning 22-dekabr sanasida ilmiy-nazariy anjuman va xotira kechasi bo'lib o'tdi.
Filologiya fakulteti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu xotira kechasida Xorazm viloyat hokimligi vakillari, Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari, Urganch davlat universiteti professor-oʻqituvchilari, olimning oila a'zolari, kasbdosh do'stlari, shogirdlari va universitet talaba-yoshlari qatnashdilar.
Ilmiy-nazariy anjumanni UrDU rektori B.Abdullayev kirish soʻzi ochib berib, Otanazar Madrahimovni xotirlab, uning bosib oʻtgan ibratli umri yoʻli, 15 yillik rektorlik faoliyati davomida taʼlim dargohida erishilgan yutuqlarga toʻxtalib, har bir yosh avlod namuna boʻlishga arziydigan inson boʻlganligini taʼkidladi.
Ilmiy-nazariy anjumanda olimning ilm-fan va yoshlar tarbiyasi borasida amalga oshirgan ibratli ishlari tilga olinib, maʼruzalar qilindi. Xususan, Xorazm viloyati hokimining Davlat tili masalalari boʻyicha maslahatchisi R.Xudayberganov – “Ulugʻ xorazmiylarga munosib avlod”, f.f.d., professor H.Abdullayev - “Bag‘rikeng rahbar, dilkash inson”, professor X.Bobojonov - “Oliy ta’lim fidoyisi”, f.f.d., professor Z.Do‘simov. “Hamkasblarga ham do‘st, ham ustoz”, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi S.Avaz - “So‘z sehrini his qilgan inson” hamda Otanazar Madrahimovning farzandi Z.Madrahimov - “Otam bilan umrbod faxrlanaman” mavzularida maʼruza qildilar.
Xotira kechasi olimning hayot yo'liga bag'ishlangan videorolik namoyish qilindi. Talabalar tomonidan badiiy chiqishlar namoyish etildi.


