UrDUning xorijlik talabalari uchun gala-konsert namoyish etildi
2022-yil 13-yanvar kuni Urganch davlat universiteti, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, Xorazm viloyat Madaniyat boshqarmasi hamda Yoshlar Ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida universitet Madaniyat saroyida TTJda yashovchi xorijlik talabalar uchun gala-konsert tashkil etildi.
Gala-konsert avvalida UrDU Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha prorektori S.Davletov hamda Yoshlar ishlari agentligining Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari F.Baltayevlar hafta davomida mazkur hamkor tashkilotlar bilan birgalikda “Besh tashabbus – besh imkoniyat” shiori ostida oʻtkazilgan turli sport musobaqalari, viktorina va tanlovlarda gʻolib va sovrindor boʻlgan talabalarni, shuningdek, “Chempion va yoshlar” uchrashuvi va tadbirlarda faol qatnashgan talaba-yoshlarni eʼlon qilib, hamkor tashkilotlar tomonidan taqdim etilgan sovgʻalar bilan taqdirladilar.
Shundan soʻng, viloyatimizning taniqli estrada xonandalari ijrosida konsert dasturi namoyish etildi. Madaniyat saroyiga yigʻilgan barcha yoshlar sahnada ijro etilgan kuy-qoʻshiqlardan zavq oldilar.


