Xorijlik talabalar bilan uchrashuv
Filologoya fakulteti "O'zbek tilshunosligi" kafedrasining bir guruh professor-o'qituvchilari, hudud profilaktika inspektori leytenant E.Razzoqov Talabalar turar joyining 3-binosida yashovchi xorijlik talabalar bilan "IIB va yoshlar" mavzusida uchrashuv tashkil qildilar.
Uchrashuv doirasida leytenant E.Razzaqov Ogohlik kishining o'z umriga, taqdiriga shohlik bilan barobar ekanligini, zero bugunimiz har birimizdan ana shunday ogohlikni talab qilayotganini alohida ta'kidlab o'tdi.
Suhbat davomida talaba-yoshlarga ta'til vaqtini mazmunli o'tkazish uchun nimalarga e'tibor qaratish lozimligi yuzasidan tavsiyalar berildi.