Bugun Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Xorazm viloyati kengashi raisi, Markaziy saylov komissiyasi aʼzosi E.Yusupov tomonidan 2021-yil 24-oktabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovini oʻtkazishda okrug saylov komissiyasi vakolatiga kiruvchi masalalarni sidqidildan, vijdonan bajarganligi, saylov jarayonlarini qonun talablari asosida ochiq, oshkora, shaffof oʻtkazilishini taʼminlashdagi samarali mehnatlari hamda saylov qonunchiligi va amaliyotini keng targʻib qilishdagi faol ishtiroki uchun Urganch davlat universiteti rektori, 12-Xorazm okrug saylov komissiyasi raisi Abdullayev Baxrom Ismoilovich hamda okrug saylov komissiyasining 18 nafar aʼzolariga Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizamxodjayevning Tashakkurnomasi va esdalik sovgʻalari topshirildi.


