Tyutorlar uchun navbatdagi oʻquv seminar yig'ilishi bo'lib o'tdi
2022-yil 2-fevral sanasida UrDU Madaniyat saroyida tyutorlar uchun doimiy seminar ishining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tdi. Unda Yoshlash bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi, Xotin-qizlar maslahat kengashi, psixologlar, barcha fakultetlarning yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o'rinbosarlari hamda universitet tyutorlari ishtirok etdilar.
Seminar ishini anʼanaga muvofiq, UrDU Yoshlar masalalari, ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha prorektori Sanjarbek Davletov Urganch davlat universitetining odob-axloq kodeksi, Ichki mehnat tartibi qoidalari toʻgʻrisidagi maʼruzasi bilan boshlab berdi. Shuningdek, tyutorlarning oʻtgan 3 oylik faoliyati davomida amalga oshirgan ishlari monitoringini muhokama qilib, qoʻshimcha topshiriq va vazifalar berdi. Yoshlarning taʼlim-tarbiyasi, yashash sharoiti, ularning muammolari bilan toʻxtovsiz shugʻullanish lozimligi, ularning to'garaklardagi ishtirokini yanada kuchaytirish borasida tavsiyalar berdi.
✔️Seminar ishida Bioinjeneriya va oziq-ovqat xavfsizligi fakulteti Yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan oʻrinbosari U.Doʻschanovning “Dekan oʻrinbosarining talaba-yoshlar bilan ishlashda tyutorlar bilan hamkorligi”, universitet Tyutorlar kengashi raisi R.Matjanovning “Tyutorlik tizimining umumiy vazifalari va masʼuliyati”, universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Sh.Nurullayevaning “Xotin-qizlarni tazyiq va zoʻravonlikdan asrash” mavzusidagi maʼruzalari tinglandi.
Shuningdek, seminar ishida psixologlar ham ishtirok etdi. Xususan, “Pedagogika va psixologiya” kafedrasi mudiri B.Nurullayeva tyutorlarning bugungi kundagi ish faoliyatini yanada samarali tashkil etish, talabalar bilan samimiy, do'stona munosabatga kirishish va ulardagi mavjud muammolarni tez anglab bartaraf qilish bo'yicha psixologik tavsiyalar berdi.
Oʻquv-seminar davomida tyutorlar oʻzaro fikr va tajriba almashdilar. O'z faoliyatlari davomida uchrayotgan turli xil vaziyatlar yuzasidan masʼullarga savollar bilan murojaat qilib, zarur javoblarni oldilar. Bu kabi seminar-treninglar soha mutaxassislari uchun kasbiy malaka va mahoratlarini oshirishda keng imkoniyatlar yaratishiga aminmiz.

.jpg)
