Oliy taʼlim, mahalla va maktab hamkorligi
Oliy taʻlim muassasalarining mahalla fuqarolar yigʻinlari va umumtaʼlim maktablari bilan oʻzaro hamkorligini yanada mustahkamlash hamda yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishga ko`maklashish bo`yicha Urganch davlat universiteti qator samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, 2022-yil 3-fevral sanasida Sanʼatshunoslik fakulteti professor-oʻqituvchilari va talabalari Xiva shahar 55-sonli "Qiyot" mahallasi va 16-sonli umumtaʼlim maktabi bilan hamkorlikda uyushmagan yoshlar uchun “San’at olamiga tashrif” mavzusida suhbat o‘tkazildi. Suhbatda “Musiqa taʻlimi” kafedrasi mudiri N. Allayarova “Xorazm sanʼatining beqiyos qirralari” mavzusida mahalla yoshlariga maʼlumot berdi. Shundan soʻng, “Musiqa taʻlim” yoʻnalishining iqtidorli talabalari tomonidan konsert dasturi namoyish qilindi.
Uchrashuv yakunida maktab oʻqituvchilari hamda "Qiyot" mahallasi raisi B.Rajabov bilan hamkorlikda kelgusida qilinishi kerak bo`lgan ishlar rejalashtirib olindi. Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bandligiga ko‘maklashish, tadbirkorlik g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish, ular munosib daromad olishi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, uyushmagan yoshlar bilan uchrashuvlar hamda mahallada yoshlar uchun tashkil etilgan tadbirkorlik oʻquv kurslar tashkil qilinishi rejalashtirildi.

.jpg)
