Urganch davlat universitetida "Gulshanaro gulchehralar" nomli ko'rik-tanlov oʻtkazildi
O'zbek xalqinining sadoqat va vafo timsoli bo'lgan Zulfiyaxonim hayot yo'li va ijodi bilan talaba-yoshlarni tanishtirish, shoira ijodini keng targ'ib qilish hamda shunday fidoiy va irodali ayol timsolida har bir o'zbek ayolining ma'naviy qiyofasini ko'rsatib berish orqali talaba-qizlarni ma'naviy-axloqiy, estetik jihatdan kamol toptirish, muomala madaniyati mezonlari hamda oilaviy hayotga tayyorlash, eng muhimi ularning bo'sh vaqtini mazmunli o'tkazishlariga ko'maklashish maqsadida 2022-yilning 1-mart sanasida Zulfiyaxonim tavalludining 107 yilligi munosabati bilan "Gulshanaro gulchehralar" nomli ko'rik-tanlovning oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovni UrDU Yoshlar masalalari va maʼnaviy va maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori S.Davletov kirish soʻzi bilan ochib berib, yigʻilganlarni bahor ayyomi bilan qutladi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Xorazm viloyati bo'limi hamkorligida tashkil etilgan ushbu koʻrik-tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli talaba-qizlar badiiy maydonda oʻzaro baxsga kirdilar.
Tanlov 5 ta shart asosida oʻtkazilib, unda talaba-qizlar bor mahorat va isteʼdodlarini ishga soldilar. Ushbu ko'rik-tanlov natijalariga koʻra, Filologiya fakulteti talabasi Shahrizoda Qo'ziyeva Oliy o'rin hamda "Zulfiyaxonimning munosib izdoshi" nominatsiyasiga ega bo'ldi.
Shuningdek, Pedagogika fakulteti talabasi Yusupova Mohira va Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Komiljonova Anaxon 1- o'rin;
Kimyoviy texnologiyalar fakulteti talabasi Polvonnazirova Lobar 2-o'rin;
Xorijiy filologiya fakulteti talabasi Aminova Umida hamda Tarix fakulteti talabasi Shomuratova Oydinoylar 3-o'ringa munosib deb topildilar.
Gʻoliblar va faol ishtirokchilar Diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.



