Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



2019 yil 9 oktyabr kuni Xorijiy filolgiya fakulteti xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishi talabalari Xiva shaxriga sayohat qildilar

2019 yil 9  oktyabr kuni Xorijiy filolgiya fakulteti  xorijiy til va adabiyoti yo‘nalishining bir guruh talabalari Xiva shahriga sayohat qildilar.  Sayohat davomida talabalar yurtimizga Angliyadan,  Frantsiyadan,  Germaniyadan,  Xitoydan va Ispaniyadan tashrif buyurgan sayyohlar bilan muloqotga kirishib ularning diyorimiz haqidagi taassurotlari bilan o‘rtoqlashdilar.  Ularning ayrimlari oldinam yurtimizga tashrif buyurgani va qadimiy shaharlarimizni ko‘rsatgani,  halqimizning juda mehmondo‘stligini va  milliy taomlarimiz ta’mini va shuningdek milliy liboslarimiz go‘zalligini oila a’zolarigayam ko‘rsatgani ikkinchi bora tashrif buyurayotganini aytib yurtimiz haqida juda iliq fikrlar bildirgan.   Talabalarimiz ham o‘z tashriflaridan mamnun bo‘lib qaytishdi. 
Talabalar sayyohatlaridan  o‘z oldilariga qo‘ygan maqsadlariga  erishishdi. Chunki Integraglashgan til ko‘nikmalari fanidan uyga vazifa  "IMPRESSIONS OF TOURISTs ABOUT UZBEKISTAN" (Sayyohlarning O‘zbekiston haqidagi taassurotlari) mavzusida maqola yozish edi.  Talabalar qadimiy Xiva shaxrini tomosha qilish barobarida maqolalari uchun ham imkon qadar ko‘proq ma’lumot to‘plashga erishigan.  Guruhdagi Surxandaryolik talabamiz ham ertaknamo Xivamiz haqida to‘lib toshib so‘zlab berdi.

Ulashish: