Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Urganch Davlat universitetining fizika-matematika fakultetida jahonning yetakchi universitetlari bilan xalqaro hamkorlik ishlari yanada rivojlanmoqda.

Fizika-matematika fakultetida O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi  “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi PQ-2909-sonli qarorining ijrosi yuzasidan 2019-2020 o’quv yilida ham samarali ishlar olib borilmoqda. Jumladan, jahonning yetakchi OTM lari bilan hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga e’tibor qaratilmoqda. Buning yorqin natijasi sifatida AQSh ning Stoni Bruk universiteti professori Erik Bedfordning fakultetga tashrifini ko’rsatish mumkin.

Erik Bedford fakultet professor-o’qituvchilari, ilmiy izlanuvchilar, magistrantlar va yuqori kurs talabalariga “Golomorf dinamik sistemalar” mavzusida ma’ruza qilmoqda. Har bir ma’ruzani yuqori qiziqish bilan o’tmoqda, ma’ruzalar davomida ilmiy izlanuvchilar va magistrantlarga masalalar ham berib bormoqda. Bundan tashqari bu ma’ruzalarda O’zbekiston Milliy universiteti professori, O’zFA akademigi Azimboy Sadullaevning ham qatnashayotganligi ma’ruzalarning savol-javoblarga va bahs-munozaralarga boy bo’lib o’tishida asos bo’lmoqda.

Ma’ruzalar 22 oktyabrgacha davom qiladi.

Ulashish: