Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



EGE UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKULTETI BILAN AKADEMIK VA MADANIY ALOQALARNI RIVOJLANTIRISH MAQSADIDA HAMKORLIK SHARTNOMASI IMZOLADI

Joriy yilning 14-sentabr kuni UrDU Filologiya fakulteti hamda Turkiyaning Ege universiteti bilan hamkorlik shartnomalarini imzolash maqsadida fakultet dekani, f.f.d., dots. D.G'ayipov, O'zbek tilshunosligi kafedrasi mudiri, f.f.n., dots.A.Primovlar Turk dunyosi tadqiqotlari instituti  “Turk tili va lahjalari” yoʻnalishi dotsenti, f.f.d Ibrohim Shahin bilan hamkorlik uchrashuvi tashkil etildi. Muloqot chogʻida, ikki taʼlim muassasalari oʻrtasidagi akademik va madaniy aloqalarni rivojlantirish, yo‘nalishlar va fanlar bo‘yicha ta’lim va tadqiqot faoliyatini olib borish, professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va talabalar almashinuvini  rag‘batlantirish, professor-o‘qituvchilar va tadqiqotchilar tomonidan hamkorlikda olib borilayotgan tadqiqotlarni va tadqiqot natijalarini birgalikda Scopus bazasida nashr etishni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar muhokama qilinib, kelishib olindi.

Ulashish: