Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



Malayziyalik professor Dr. Melor MD Yunus tomonidan - Scopus bazasidagi jurnallarda maqola chop etish borasida seminar trening o'tkazildi

Malayziyaning Kebangsan universiteti professori Dr. Melor MD Yunus tomonidan Xorijiy filologiya fakulteti ingliz tili o'qituvchilari, magistr va bakalavr talabalariga "Scopus and Publication" mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi. Mavzu doirasida ilmiy maqola yozish,  Scopus ro'yxatiga kiritilgan jurnallar,  xalqaro tan olingan jurnallarda maqola chop qildirish kabi muhim ma'lumotlar berildi. Jumladan: H-indeksi va maqolalar reytingi Q1, Q2, Q3,Q4 haqida, ilmiy izlanish qiluvchilar maqolasini chop qildirishda va uni bosmaga qabul qilishda duch kelishi mumkin bir qator qiyinchiliklar va ularni qanday hal qilish haqida tushuntirib o'tdi. Seminar treningda tinglovchilar o'zlari uchun zarur bo'lgan ma'lumotlarga ega bo'lishdi va seminar treyningda  o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Ulashish: