Close
  • Ishonch
    telefon raqami

  • Dars
    jadvali

  • Imtihon video
    kuzatuvi

  • Rektor virtual
    qabulxonasi

  • Bo`sh ish
    o`rinlari



“SHEʼRIYAT SHOHSUPASI” KOʻRIK-TANLOVINING FINAL BOSQICHI MUHAMMADRIZO OGAHIY TAVALLUDINING 213 YILLIGIGA BAGʻISHLANDI

Muhammadrizo Ogahiy - Xiva xonligi davrida turkiy tilda eng ko‘p bitilgan nazmiy va nasriy asarlarning muallifi, turkiy til tarjimonlik maktabining Zahiriddin Muhammad Bobur lafzi bilan aytganda “eng ko‘b va eng xo‘b” ijodkori va peshqadami edi. Mumtoz shoir, sermahsul tarjimon, xassos muarrix, davlat arbobi – mirob. Final bosqichda ishtirok etishga muvaffaq boʻlgan  Filologiya fakultetining  6 nafar  talaba-qizlari ulugʻ ajdodimizning ana shu qirralarini madh etib,  sahnada uning sheʼrlarini mahorat bilan ijro etdilar. Barcha ijro etilgan sheʼrlar,  kuy-qoʻshiq va raqslar, Ogahiy ijodiy faoliyatiga doir sahna koʻrinishlari tadbir qatnashchilari uchun adib ijodi boʻylab yana bir bora sayohat qilish imkonini berdi.  

Ulashish: